Italiya kompaniyasi Jizzaxda pulli trassa qurishni rejalashtirmoqda

10:44 20 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
693 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi Online”. Tolibjon Ergashev/Jizzax. Jizzax viloyatiga Italiya davlatining “Todini Costruzioni Generali” kompaniyasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrifning maqsadi “Todini Costruzioni Generali” kompaniyasi tomonidan Toshkent — Samarqand avtomobil yoʻli yoʻnalishi boʻyicha M-39 trassasi yonidan jahon standartlariga javob beradigan pullik avtomobil yoʻlini qurish boʻlib, uning imkoniyatlari, qurish ishlari va qurishishlariga mutaxassislarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi hamda viloyat yoʻl infratuzilmalari bilan tanishildi.

“Yangi bunyod etiladigan pullik yoʻlning maʼlum qismi viloyatimiz hududidan oʻtadi. Yerning qattiqligi, yuklarni koʻtarish xususiyati, yerga tuproq va shagʻal yotqizish ishlarida pul mablagʻlarini tejash imkoniyati bor. Viloyatimizda respublikaning barcha yoʻllari tutashadi. M-39 trassasining bu qismida bir sutkada qariyb 37000 dan ortiq avtomashinalar qatnovi amalga oshirilmoqda va ularning soni kun sayin koʻpayib bormoqda. Kelajakda bu loyiha oʻzini toʻliq oqlaydi”, - deydi Jizzax viloyati avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi Rustam Xoliqov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?