Italiya kompaniyasi Toshkentda chiqindini qayta ishlovchi zavod quradi

12:49 06 Avgust 2018 Jamiyat
352 0
Foto: Toshkent shahar hokimligi

4 avgust kuni Toshkent shahar hokimiyatida Italiyaning Waste to Energy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, ushbu shirkat Toshkentda kuniga 1200 tonna qattiq maishiy chiqindilarni elektr va issiqlik energiyasiga aylantiruvchi zavod qurishni taklif etmoqda. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan ilg‘or texnologiyalar zavodning aholi punktlari va maktablar yaqinida xavfsiz ishlashiga imkon beradi. Kelajakda kelib tushayotgan xom ashyolardan eko-mahsulotlar (plastik paketlar, bir marta ishlatiladigan idishlar, mebel) ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekiston bo‘ylab 186 chiqindilarni ko‘mish poligonlari mavjud bo‘lib, ularda 33,4 mln. tonna chiqindi joylashtirilgan. Mutaxassislarning taxminlarga ko‘ra, 2030 yilga kelib O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarning yillik hajmi taxminan 7 mln. tonnani tashkil etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?