Italiya kompaniyasi Sirdaryoda tibbiyot uskunalari ishlab chiqaradi

15:01 08 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
848 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Italiyaning “Jeneral Medikal Merate” kompaniyasi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 5 million AQSH dollarilik tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish loyihasini tashkil etmoqchi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligida Italiyaning “Jeneral Medikal Merate” kompaniyasi rahbari Massimo Sordi boshchiligidagi delegatsiya bilan boʻlgan uchrashuvda maʼlum qilindi.

Tashrif davomida italiyalik ishbilarmonlar hududdagi farmatsevtika korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

“Jeneral Medikal Merate” kompaniyasi 1953 yilda tashkil etilgan. U rentgen uskunalarini ishlab chiqarish, ularga texnik xizmat koʻrsatuvchi jahondagi yetakchi kompaniyalardan sanaladi. Shuningdek, masofadan boshqariluvchi stollar, angiografiya, mammografiya hamda davolash boʻlimlari uchun moʻljallangan harakatlanuvchi apparatlar va veterinariya asbob-uskunalarini ham ishlab chiqaradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?