Italiya kompaniyasi Sirdaryoda 5 mln dollarlik loyihani amalga oshirmoqchi

15:22 03 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
457 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha Italiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri “General Medical Merate” kompaniyasi rahbari Massimo Sordi boshchiligidagi delegatsiya “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 5 million AQSH dollari miqdoridagi tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish istiqbollarini muhokama qilish uchun joriy yilning 3 noyabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida viloyat hokimi oʻrinbosari A.Xodjiyev boshchiligidagi bir qator viloyat tashkilot rahbarlari ishtirokida xorijiy mehmonlar bilan muzokara olib borildi. Soʻngra ular viloyatdagi bir qancha farmatsevtika korxonalari faoliyati bilan ham tanishdilar.

Maʼlumot uchun, “General Medical Merate” kompaniyasi 1953 yilda tashkil etilgan.U rentgen uskunalarini ishlab chiqarish, ularga texnik xizmat koʻrsatuvchi jahondagi yetakchi kompaniyalardan sanaladi. Shuningdek, masofadan boshqariluvchi stollar,angiografiya, mammografiya hamda davolash boʻlimlari uchun moʻljallangan harakatlanuvchi apparatlar va shuningdek, veterinariya asbob-uskunalari ham ishlab chiqaradi.

Mahsulotlarining 80 foizini 100 dan ziyod mamlakatga eksport qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?