Italiya futbol federatsiyasi jamoalarga beshtadan oʻyinchi almashtirishga ruxsat berdi

02:09 06 Iyun 2020 Sport
344 0

Foto: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) 2019/20 yilgi mavsum yakuniga qadar milliy chempionat oʻyinlarida jamoalarga uchta oʻrniga beshta futbolchi almashtirishga ruxsat berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Ushbu qaror futbolchilarni mavsumni davom ettirishga toʻliq tiklanib ulgurmagani hamda ularni jarohatlardan asrash maqsadida qabul qilingan.

Koronavirus pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan Italiya chempionati — A Seriya bahslari 20-iyundan yana davom ettiriladi. 26-turdan soʻng turnir jadvalida Turinning «Yuventus» klubi 63 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pogʻonani band etib turgan Rimning “Latsio” jamoasi esa 62 ochko jamgʻargan.

20-iyun kuni 26-tur doirasida Turinda «Torino» — “Parma”, “Verona” — «Kalyari» jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtadi.

21-iyun kuni esa «Atalanta» — «Sassuola», «Inter» — «Sampdoriya» juftliklari bahslari oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?