Istomin chempionlik bilan birga Olimpiada yoʻllanmasini ham qoʻlga kiritdi

17:29 25 Avgust 2018 Sport
493 0
Foto: MOQ

Xabaringiz bor, Oʻzbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Indoneziyadagi Osiyo oʻyinlari finalida xitoylik raqibini magʻlubiyatga uchratdi va oltin medal sohibiga aylandi.

Ushbu muvaffaqiyat tennischimizga nafaqat Osiyo oʻyinlari gʻolibligi unvonini, balki 2020 yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlari litsenziyasini ham taqdim etdi.

Qayd etib oʻtish lozimki, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi 16 yil ichida ilk marotaba tennis boʻyicha Osiyo oʻyinlarida oltin medalga ega chiqdi. Bungacha 2002 yili Pusan mezbonlik qilgan Osiyo Olimpiadasida Iroda Toʻlaganova oltin medalga sazovor boʻlgandi.

Shuningdek, Denis Istomin mamlakatimizga Tokio 2020 uchun ilk litsenziyani ham olib berdi. Demak, tennischimiz oʻzbekistonlik sportchilar ichida birinchi boʻlib Yaponiya poytaxtida boʻlib oʻtadigan Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019