Isteʼmolchilarning transchegaraviy shikoyatlarini koʻrib chiqish borasidagi hamkorlik mustahkamlanadi

16:00 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
444 0

Koreya isteʼmolchilar agentligi tashabbusi bilan «Isteʼmolchilarning transchegaraviy shikoyatlarini koʻrib chiqish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida videokonferensiya formatidagi onlayn-seminar boʻlib oʻtdi. Unda Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy singari 100 dan ortiq davlatlarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiladigan xalqaro tashkilotlar ishtirok etishdi. Onlayn-seminarda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov “isteʼmolchilarning transchegaraviy shikoyatlarini koʻrib chiqish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik bilan cheklanib qolmasdan, koʻp tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mintaqadagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Osiyo isteʼmolchilar ittifoqini tashkil etish taklifini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytadigan boʻlsak, 2018-yilda Federatsiya Koreya isteʼmolchilar agentligi bilan isteʼmolchilarning transchegaraviy shikoyatlarini koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan. 2019-yilda esa Janubiy Koreya fuqarolari tomonidan yoʻllangan shikoyati koʻrib chiqilgan va ijobiy hal qilingan.

Bundan tashqari, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Rossiya, Qozogʻiston, Hindiston isteʼmolchilar tashkilotlari bilan ham shunday memorandumlar imzolanib, bir-birining isteʼmolchilarini himoya qilish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.

Koreya isteʼmolchilar agentligi tashabbusi bilan boshlangan bunday seminar mavjud muammolarni hal etish borasidagi masalalarni muhokama qilish uchun doimiy platforma boʻlib qolishi va ishtirokchilar qamrovi yana-da kengayishi bilan ahamiyatlidir.

Manija Bahriyeva,
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bosh mutaxassisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?