Isteʼmolchilarning puli qaytarib berildi

16:23 09 Avgust 2019 Jamiyat
153 0

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati Zangiota va Yangiyoʻl tumanlari. Tabiiy monopoliya subyekti hisoblangan “Oʻzbekiston” MCHJ mahalliy aholiga ichimlik suvini yetkazib berish bilan shugʻullanadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga isteʼmolchilardan isteʼmol qilingan suv uchun yetkazib beruvchi tomonidan yuqori narxlar qoʻllanilayotgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Qoʻmitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ushbu murojaatni koʻrib chiqish maqsadida ichimlik suvini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzishda belgilangan normalarga rioya etilishi xolati oʻrganilganda, alohida olingan isteʼmolchilarga nisbatan asosiz ravishda 7 446 447 soʻm ortiqcha hisoblangani aniqlandi.

Natijada, Qoʻmita tomonidan berilgan xulosaga asosan ortiqcha hisoblangan summa isteʼmolchilarning hisobiga qayta hisob-kitob qilib berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?