Isteʼmolchilarga qariyb toʻqqiz milliardga yaqin mablagʻ qayta hisob kitob qilindi

14:40 18 Oktyabr 2019 Jamiyat
254 0

Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2019-yilning 9 oyligida fuqaro (isteʼmolchi)lardan jami 8363 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 4187 tasi ogʻzaki, 2927 tasi yozma, 1249 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Federatsiyaga kelib tushgan 1249 ta elektron murojaatning 1071 tasi “Prezidentga murojaat portali”, 173 tasi yagona Davlat interaktiv portali orqali Bosh prokuratura tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun yoʻllangan.

Federatsiyaning virtual qabulxonasi orqali hisobot davrida 5 dona murojaat kelib tushgan. Mazkur ariza va shikoyatlarning 7827 tasi yaʼni, 93,6 % ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga jami 8 768 572 880 (sakkkiz milliard yetti yuz oltmish sakkiz million besh yuz yetmish ikki ming sakkiz yuz sakson) soʻm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3 376 580 006 (uch milliard uch yuz yetmish olti million besh yuz sakson ming olti) soʻmdan ortiq mablagʻ qayta hisob-kitob qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?