Isteʼmolchilar tomonidan mamlakatimiz energetika tizimiga 1 585,6 mln soʻmlik zarar yetkazilgan

14:31 04 Noyabr 2019 Jamiyat
72 0

Illyustrativ foto

Isteʼmolchilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, elektr energiyasini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralarni koʻrish yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan joylarda joriy yilning oktyabr oyida oʻrganishlar oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida jami 123 isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, ushbu qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan isteʼmolchilarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga asosan yetkazilgan zarar boʻyicha 1 704,2 mln. soʻmlik hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Xususan Respublikaning Namangan viloyatida 8 isteʼmolchi, Fargʻona viloyatida 8 isteʼmolchi, Samarqand viloyatida 7 isteʼmolchi, Xorazmda 10 isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida energetika tizimiga 1 585,6 mln soʻmlik zarar yetkazilgan. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

Shuni taʼkidlash joizki “Oʻzenergoinspeksiya”si joriy yil avgust oyidan oktyabr oyiga qadar joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida jami 415 isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, 242 isteʼmolchining elektr qurilmalari tarmoqdan ajratildi.

Elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarlik holatlariga yoʻl qoʻygan isteʼmolchilarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga asosan yetkazilgan zarar boʻyicha 9 819,2 mln soʻmlik hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilinib, bugungi kunga qadar 3 345,3 mln. soʻm mablagʻlar undirildi.

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha tadbirlar davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?