Isteʼmolchiga imkoniyat yaratildi

16:17 01 Noyabr 2019 Jamiyat
219 0

Illyustrativ foto

Jizzax shahar Obod mahallasi I. Karimov koʻchasi 100-uy 12-xonadonda yashovchi fuqaro Mansurova Dildora Jizzax shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ariza bilan murojaat qiladi. U oʻz murojaatida gaz taʼminoti korxonasi tomonidan 8 800 000(sakkiz million sakkiz yuz ming ) soʻm qarzdorligi borligi sabab MIB xodimlari tomonidan xonadoniga gaz tarmoqdan uzilishi toʻgʻrisida ogohlantirilganligi uchun eʼtiroz bildirgan.

Jamiyat mutaxassislari Jizzax shahar Gaz taʼminoti korxonasi xodimlari va MIB inspektori bilan hamkorlikda arizachi Mansurovaning xonadonida oʻrganish oʻtkazib, xonadoniga 2019-yilning sentyabr oyida gaz hisoblagich uskunasi oʻrnatilganligi, qolaversa xonadon egalari 2016-yildan beri gaz hisoblagich oʻrnatilmagan holda gazdan foydalanib kelganliklari maʼlum boʻldi.

Jamiyat mutaxassislari fuqaro Mansurova Dildoraning mahallada yolgʻiz ona va qaramogʻida nogiron onasi borligi, oilaviy ahvoli yomonligini inobatga olib, gaz taʼminoti korxonasi tomonidan isteʼmolchiga amaliy yordam koʻrsatilishini soʻrab 8 800 000 soʻm qarzdorlikni 1 700 000 soʻmga tushirishga erishildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?