Isteʼmolchi huquqi tiklandi

14:46 19 Mart 2019 Jamiyat
255 0

Buxoro shahar isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qorakoʻl tumani Shakarbek MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A. Rustamovdan ogʻzaki murojaat kelib tushdi. Isteʼmolchi Buxoro shahridagi A. Somiy koʻchasida joylashgan tovarlarni kreditga beruvchi internet doʻkonidan 10 090 300 (oʻn million toʻqson ming uch yuz) soʻmga bir dona televizor, bir dona ”Artel” changyutgich, bir dona “Samsung A9” mobil telefonini xarid qilish uchun shartnoma tuzgan, lekin shartnomada koʻrsatilgan tovarlar narxi qimmatligi sababli shartnomani bekor qilmoqchi boʻlgan.

Isteʼmolchi ushbu masalada doʻkon rahbariyatiga uchrashganida muammoga yechimi topilmaganligi sababli Buxoro shahar jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaat joyida oʻrganildi va savdo xodimiga “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni tushuntirildi va isteʼmolchining 10 090 300 (oʻn million toʻqson ming uch yuz) soʻm puli qaytarib olib berildi. Isteʼmolchi huquqi tiklandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?