Isteʼmol kreditlarini faqatgina Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlariga berish amaliyoti bekor qilinishi mumkin

16:11 27 Sentyabr 2018 Hujjatlar
1293 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdoni yanada liberallashtirish va tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Unga koʻra, 2019 yilning 1 yanvaridan quyidagilar:

a) ulgurji savdoni amalga oshirish uchun litsenziya boʻlishi kerakligi hamda ulgurji savdo korxonalarining alohida soliqqa tortish tartibi;

b) aksiz soligʻiga tortiladigan ayrim tovarlar (avtomobillar, oʻsimlik yogʻi, alkogol va tabaka mahsulotlari hamda boshqalar)ni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishning amaldagi tartibi;

v) koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi;

g) tadbirkorlik subyektlarida kontragentlar bilan munosabatlarda yuzaga keladigan muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzdorlik uchun sanksiyalar;

d) tadbirkorlik subyektlarida ichki bozordagi bitimlar boʻyicha 15 foizlik oldindan toʻlov talabi;

ye) sarxil (svejiy) meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foiz oldindan toʻlov talabi amaliyoti;

yo) ilovaga muvofiq, ayrim tovar turlarining eksportiga cheklovlar;

j) isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasini shartnomada koʻrsatilganidan koʻproq isteʼmol qilingani uchun jarima sanksiyalari;

z) yuqori likvidli tovarlar, xomashyo va materiallarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini shakllantirish va uni Raqobat qoʻmitasi bilan kelishi amaldagi tartibi;

i) isteʼmol kreditlarini faqatgina Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlariga berish amaliyoti bekor qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?