E’tiborsizlikdan qachongacha iste’molchi jabr ko‘radi?

18:22 03 Iyul 2018 Jamiyat
378 1
Foto: gazetaingush.ru

Kattaqo‘rg‘on tumanining “Andoqsoy” mahallasida yashovchi Tohir Azimov “Tuman elektr ta’minoti” korxonasi kassasiga elektr to‘lovi uchun amalga oshirgan to‘lovlari boshqa hisob raqamiga o‘tib ketadi.

Ana shu e’tiborsiz tufayli iste’molchining bormagan joyi, uchrashmagan odami qolmadi. Ammo biron joyda uning muammosini hal etib beradigan mard topilmadi. Shunda “chiqmagan jondan umid deganlaridek“ Tohir Azimov arznomalari e’tiborsiz qolayotgani xususida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash va xorijiy aloqalar bo‘limi tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur ariza tegishliligi bo‘yicha, Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Kattaqo‘rg‘on tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Anglashilmovchilik tufayli, aniqrog‘i, elektr ta’minoti korxonasi xodimining uquvsizligi oqibatida kelib chiqqan muammo tuman jamiyati mutaxassisining aralashuvi bilan ijobiy yakun topdi. Boshqa abonent hisob raqamiga o‘tkazib yuborilgan mablag‘ iste’molchining hisobiga tushirib berildi.


Izohlar


Nodir Temirov

Bu hech qanday anglashilmovchilik emas balki birovning do'ppisini birovning boshiga kiygizish deb oylayman Chunki bunday qo'shtirnoq ichidagi anglashilmovchiliklar gaz ta'minotida ham tez-tez uchrab turadi undan tashqari gaz iste'moli uchun pul to'lasangiz ham pul to'lamaganlar qatorida bo'lib qolishingiz ko'pchilikka yangilik emas!!!

00:1204.07.2018