“Issiq non” badiiy filmi “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida gran-prini qoʻlga kiritdi

14:15 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
62 0

Oʻzbekistonlik kinorejissyor Umid Xamdamovning “Issiq non” badiiy filmi Rossiyaning Anapa shahrida boʻlib oʻtgan “KINOSHOK” xalqaro kinofestivalida gran-prini qoʻlga kiritdi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.

Shuningdek, ushbu kinokartina yana ikki yoʻnalish – “Eng yaxshi film bastakori” (Toyir Qoʻziyev) hamda “Eng yaxshi ayol roli ijrochisi” (Feruza Saidova) nominatsiyalari boʻyicha ham gʻolib deb topildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?