Isroillik konferensiya ishtirokchilari Toshkentga yetib keldi

15:45 13 May 2019 Jamiyat
151 0

Bugun kunning ikkinchi yarmida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Isroil Xolon texnologiyalar instituti hamkorligida 2019 yil 13-17 may kunlari “STEMM”Scientific Program of the Uzbek-Israel Conference (Science – Technology – Education – Mathematics – Medicine) oʻtkaziladigan konferensiyada ishtirok etadigan isroillik 35 nafar kishidan iborat delegatsiya Toshkent aeroportiga yetib keldi.

Kun yakunida delegatsiyaga rahbarlik qilayotgan Isroil Xolon texnologiyalar instituti prezidenti Eduard Yakubov bilan suhbatlashdik.

“Biz kunning ikkinchi yarmida Toshkentga yetib keldik. Bu yerda doʻstimiz, OʻzMU rektori A.Marahimov va universitet jamoasi vakillari bilan koʻrishdik.Mana soat millari kechki 22.00 yaqinlashyapti. Yarim kunning oʻzidayoq ancha ishlarni qilishga ulgurdik. Kelishimiz bilan innavatsion rivojlanish vaziri bilan koʻrishdik. Qishloq xoʻjaligi sohasida yangi loyihalar boʻyicha gaplashdik.Yerni tomchilatib sugʻorishdan ham keyingi boʻlgan texnologiya - har bir ildizga suv berish bilan qachon va qanday qilib sugʻorish boʻyicha fikr almashdik. Bundan tashqari alohida eʼtiborimizda Orol muammosi turibdi. Bu masala xalqaro miqyosdagi masala hisoblanadi. Ertaga biz Buxoroga yoʻl olamiz. U yerda bir yarim kun boʻlamiz. U yerda xalqaro konferensiya oʻz ishini boshlaydi. Matematika, raqamli meditsina, muzeyolgiya, taʼlim berish metodikasi kabi yoʻnalishlarida maʼruzalar oʻqiymiz. Shu bilan birga matematika –fizikaga ixtisoslashgan Qorakoʻl maktabining oʻquvchilari bilan uchrashuv rejalashtirganmiz. Estafeta Samarqandga beriladi.16 mayda esa konferensiya oʻz ishini Toshkentda, OʻzMU da davom ettiradi. Tashrif buyurgan bir guruh olimlarmiz Isroil akademiyasining 10 dan ortiq vakillaridan iborat. Ular oʻz sohalaridagi yangiliklar bilan oʻrtoqlashadilar. Yana bir guruhimiz shifokor-oftolmolog olimlardan tashkil topgan. Isroillik oftolmologlar 5 kun (2 kun Samarqandda, 3 kun Toshkentda) davomida oʻz hisoblaridan xayriya aksiyasini oʻtkazishadi. Uchinchi guruhimiz tadbirkorlardan iborat. Ular havodan suv olish apparatini olib kelishdi. Bu apparat mana 10 kundirki Buxoro shahridagi parkka oʻrnatildi va u ishlayapti. Bilishimcha,bu xomiylar bunday apparatni Buxorodagi bolalar uyiga xam qoʻyishni rejalashtirishgan 

Fursatdan foydalanib, mehmondoʻst oʻzbek xalqiga minnatdorchilik bildiraman. Biz oʻzimni oʻz uyimizdagidek his qilishimiz uchun qoʻllab-quvvatlayotgan hamkasblarimizga muvaffaqiyat tilayman”.

16-17 may kunlari OʻzMUda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston-Isroil xalqaro amaliy anjumanida “Ilm, Texnologiya, Taʼlim, Matematika, Meditsina” (Science+Technology +Education+Mathematics+Medicine) mavzularida maʼruzalar tinglanib, bu borada tajriba almashiladi. Chunonchi, qator sohalarda kompleks analiz, potensiallar nazariyasi, matematik modellashtirish masalalari, innovatsion rivojlanish tendensiyalari, zamonaviy raqamli texnologiyalar, taʼlim va tibbiyot sohalaridagi muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

OʻzMU matbuot xizmati.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?