Isroil Madrimovning navbatdagi jangi maʼlum boʻldi

09:36 18 Iyul 2020 Sport
523 0

Boks boʻyicha Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionati gʻolibi, professional boksda magʻlubiyatsiz odimlayotgan isteʼdodli bokschimiz Isroil Madrimov yaqin kunlar ichida AQSHda navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Isroil Madrimov bugun tongda charter reys orqali okean ortiga yoʻl oldi. Uning keyingi jangi katta ehtimol bilan bugun yetib boradigan shahar – Nyu-Yorkda tashkil etiladi.

Tashkil etiladigan jangning aniq sanasi va unda hamyurtimizga raqib boʻladigan bokschining nomi hozircha oshkor etilmayapti. Lekin tez orada bu haqda OAV orqali maʼlumot berilishi aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, Isroil Madrimov joriy yiling fevral oyidan beri Oʻzbekistonda boʻlib turgandi. Bu vaqt ichida u Oʻzbekiston terma jamoasi safida ham mashgʻulotlar olib borishga ulgurdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?