Isroil Madrimov nokautchi raqibini 2-raunddayoq ringga qulatdi

10:12 11 Mart 2019 Sport
343 0

Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov kecha AQSHning Nyu-York shahrida tashkil qilingan boks kechasida oʻzining yana bir gʻalabasini tantana qildi.

Venesuelalik bokschi Frenk Roxasga qarshi bahs kutilganidan ham erta yakunlandi. 10 raundga moʻljallangan jangning ikkinchi raundida Isroil ajoyib zarbasi bilan nokautchi raqibini yerga qulatdi. Bu gʻalabadan keyin yurtdoshimiz WBA yoʻnalishida oʻz reyting pogʻonasini ham sezilarli ravishda yaxshilab oladi.

Shu tariqa Isroil Madrimov oʻtkazgan ikkita jangida ham raqiblarini nokaut evaziga dogʻda qoldirmoqda. Eslatib oʻtamiz, Madrimov birinchi jangida meksikalik Vladimir Ernandes ustidan gʻalaba qozonib, WBA Intercontinental kamariga ega chiqqan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?