Isroil Madrimov faoliyatini professional boksda davom ettirishi mumkin

12:25 03 Oktyabr 2018 Sport
1276 0

Havaskor boks boʻyicha -75 kg vazn toifasida Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan Isroil Madrimov faoliyatini professional boksda davom ettirishi mumkin.

Sportchi oʻzining Instagram sahifasida ayni vaqtda AQSHda mashgʻulotlar oʻtayotgani tasvirlangan videolarni joylashtirgan. Maʼlumotlarga koʻra, u “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi qoʻl ostida mashgʻulotlar oʻtkazmoqda.

Eslatib oʻtamiz, professional boksda faoliyat olib borayotgan Murodjon Ahmadaliyev va Shahram Gʻiyosov aynan shu kompaniya bilan shartnoma tuzgan. Ularga Joel Diaz ustozlik qilib kelmoqda. Madrimov oʻzining sahifasiga joylashtirgan videoda u ham aynan Joel Diaz bilan birga mashgʻulotlar olib borayotgani tasvirlangan.

 

Скачать видео


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?