Ispaniyalik olimlar koronavirusni toʻxtatuvchi ogʻiz spreyi ustida ishlamoqda

10:03 01 Avgust 2020 Dunyo
226 0

Foto: ТАСС

Ispaniya Ilmiy Izlanishlar Oliy Kengashi mutaxassislarining taʼkidlashicha, agar odam virusni allaqachon yuqtirgan boʻlsa ham, cpreyni qoʻllash, yaʼni ogʻiz boʻshligʻini chayish “infeksiyaning ogʻirligini kamaytirishga” yordam beradi.

Aniqrogʻi, virusga qarshi sprey muvaffaqiyatli chiqsa, koronavirus infeksiyasining tarqalishini toʻxtatish mumkin boʻladi. Bu haqda agentlik veb-saytida aytilgan.

Olimlarning gʻoyasiga koʻra, sprey «biomolekulalarni (polisaxaridlar) koronavirus birikadigan hujayra yuzasini imitatsiya qilish uchun foydalanadi va shu bilan uni ushlab olib, infeksiyani toʻxtata oladi». «Hozir infeksiya ogʻiz boʻshligʻi va tomoqdan boshlanadi, deya ishoniladi, shuning uchun bu molekulalarga asoslangan sprey tarkibi kiritilgandan keyin toʻsiqni keltirib chiqaradi va virusli zarrachalarni ushlab oladi va bu esa ularning infeksiyalash xususiyatini yoʻqotadi», deyiladi xabarda.

Kengashdagilarning fikricha, garchi inson kasallikni allaqachon yuqtirib olgan boʻlsa ham, sprey “infeksiyaning ogʻirligini kamaytirishga” yordam berishi mumkin ekan.

Koronavirus Ispaniyada tarqalishni boshlagandan beri 285 mingdan ortiq kasallik holati aniqlandi, 28,4 mingdan ortiq bemor vafot etdi. Mart oʻrtalarida mamlakatda yuqori ogohlantirish rejimi joriy etildi va u 21-iyunda tugatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?