Katta futbol Ispaniyaga 8-iyundan qaytadi

18:04 23 May 2020 Sport
111 0

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches futbol boʻyicha Ispaniya chempionati 8-iyundan davom ettirilishini maʼlum qildi.

“Ispaniya pandemiyaga qarshi qoʻldan kelgancha kurashdi. Endilikda baʼzi cheklovlarni yumshatishimiz ham mumkin. La liga 8-iyundan davom ettiriladi”, — dedi Bosh vazir.

Maʼlumot uchun, ayni damgacha La liganing 27ta turi ortda qolgan. Hozirda “Barselona” klubi 58 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?