Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

17:20 13 Iyun 2018 Sport
574 0

“Real” va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fernando Yerro JCH-2018 vaqtida Ispaniya milliy terma jamoani boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqda mamlakat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yerro bugungi kunga qadar Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi sport direktori bo‘lib lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Biroz oldinroq, Xulen Lopetegi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi. Lopetegi yangi mavsumdan “Real”ga murabbiylik qiladi.

51 yoshli Lopetegi terma jamoa bilan 2020 yilgacha shartnomasi bo‘lishiga qaramasdan JCH-2018 nihoyasiga yetgach, “Real”ni boshqarishga rozilik bergandi. Ayni shu sabab bilan Ispaniya futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales bugun Xulenning iste’fosi haqida e’lon qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019