Ispan klublari Yevropadagi oxirgi 13ta kubokdan 12tasini qo‘lga kiritdi

11:20 17 May 2018 Sport
744 0
Foto: UA-Football

«Atletiko» Yevropa ligasi finalida «Marsel»ni mag‘lub etib (3:0) uchinchi bor musobaqada g‘olib bo‘ldi.

Shu tariqa, ispan klublari 2014 yildan boshlab Yevropadagi 13ta kubokdan 12tasini qo‘lga kiritishdi.

Faqat o‘tgan mavsum Yevropa ligasida Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi g‘olib bo‘lgandi. Oxirgi 4 yilda «Real» (3 marta YECHL, 3 marta Yevropa Superkubogi), «Barselona» (YECHL va Yevropa Superkubogi), «Sevilya» (3 marta Yevropa ligasi) va «Atletiko» (Yevropa ligasi) klublari yevrokuboklarni qo‘lga kiritib kelishmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?