Ismoil Joʻrabekov bilan intervyu chop etildi

10:37 06 Fevral 2019 Jamiyat
775 0

Uzoq tanaffusdan soʻng “Xalq soʻzi”ga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator, suv xoʻjaligi sohasining yirik mutaxassisi Ismoil Joʻrabekov eksklyuziv intervyu bergani haqida xabar bergandik.

Soha faxriysi oʻz suhbatida Orol dengizi qanday va nima uchun qurigani, bu fojiaga olib kelgan tushunarsiz qarorlar, dengiz “taqdiri”ni hal etishda muhim ahamiyat kasb etgan xatolar, shuningdek, boy berilgan ulkan koʻlni tiklash mumkinmi yoki yoʻq ekanligi xususidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Qachondir kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turgan koʻl deyarli yoʻqoldi, uning oʻrnida esa maydoni 5,5 million gektardan iborat sahro — Orolqum paydo boʻldi. Shamol bu yerdan yiliga yuz million tonnagacha qum va tuzni koʻtarib, yuzlab kilometrga uchiradi. Bu, ayniqsa, Orolboʻyida yashab kelayotgan tub aholi uchun nihoyatda ogʻir ­sharoit tufayli yuzaga kelgan katta ­sinovdir. Aholi, birinchi ­galda, davlat tomonidan koʻrsatiladigan yordam va koʻmakka juda ­muhtoj”, dedi Joʻrabekov intervyu vaqtida.

Intervyuning toʻliq koʻrinishi bilan “Xalq soʻzi” gazetasining 6 fevral kungi sonida tanishib olishingiz mumkin boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?