“Islomxo‘ja” tarixiy filmi necha kunda suratga olindi? 

15:22 29 Iyul 2018 Madaniyat
685 0

“O‘zbekkino” MA buyurtmasiga binoan, rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy, badiiy-publisistik filmining suratga olish ishlari nihoyasiga yetdi. Rejissor filmning suratga olish ishlari haqida “Xalq so‘zi online”ga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Foto: Jahongir Ahmedov

Filmda bosh rollarni Alisher Uzoqov, Ulug‘bek Qodirov, Asal Shodiyeva, Matyoqub Matchonov, Boir Xolmirzayev, Muhammad Ali Abduqunduzov, Oleg Galaxov, Oskar Jalilov, Husan Jo‘rayev, Ma`ruf Otajonov, Azamat Axrorov singari aktyor va aktrisalar ijro etishgan. 

“Islomxo‘ja” tarixiy, badiiy-publisistik filmining Xiva shahridagi suratga olish ishlarida asosiy aktyor aktrisalar soni o‘ttizdan ortiq bo‘ldi. Ommaviy sahnalarda esa 400-500 dan ortiq odamlar rol ijro etdi. Bundan tashqari ijodiy guruhimizda ham ellikdan ortiq odam bor edi.
Xiva shahrida ommaviy sahnalarni suratga olish uchun 12 kun, asosiy aktyorlar bilan bog‘liq epizodlar 15 kun mobaynida suratga olindi. Xivadagi 27 kunlik suratga olish jarayonlaridan so‘ng, Sankt-Peterburg shahrida bir haftalik suratga olish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari Toshkent shahrida film uchun maxsus sakkizta dekoratsiya qurilgan edi, mazkur dekoratsiyadagi suratga olish ishlari 15 kun davomida bo‘lib o‘tdi.
Jahongir Ahmedov, “Islomxo‘ja” filmi rejissori


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?