Islom taraqqiyot banki Oʻzbekiston oliy-oʻquv yurtlariga qancha mablagʻ ajratdi?

17:56 15 Aprel 2019 Jamiyat
136 0

Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha yangi loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Oliy taʼlim tizimida Islom taraqqiyot banki investitsiya mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan “Oliy taʼlim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi ish faoliyatini boshladi.

Loyihaning umumiy qiymati 60,5 mln. AQSH dollari miqdorida boʻlib, bunda Islom taraqqiyot banki mablagʻlari 47,72 mln. AQSH dollari va Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 12,81 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi respublika miqyosida 50 ta OTMni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlashdan iborat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?