Islom Karimov haqidagi “Olov tutgan odam” nomli asar taqdimoti boʻlib oʻtdi

17:52 09 Sentyabr 2019 Madaniyat
303 0

Joriy yilning 6-sentyabr kuni Islom Karimov ilmiy-maʼrifiy majmuasida yozuvchi Luqmon Boʻrixonning Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning faoliyatiga bagʻishlangan “Olov tutgan odam” nomli asar taqdimoti oʻtkazildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdimot marosimida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, madaniyat va sanʼat, adabiyot olamining taniqli vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbir soʻngida Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyorlari yangi asar asosida rejissyor Doston Xaqberdiyev sahnalashtirgan kichik spektaklni namoyish etishdi.

Unda rollarni aktyorlar T.Beknazarov, T.Prjonov,F.Rustamov, I.Ibrohimov, B.Boltayev, I.Umirova, H.Ortiqov, R.Qodirxonov, O.Saparaliyev, A.Yoʻldoshevlar ijro etdi. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rolini ijro etish esa aktyor Azizxon Latipovga nasib etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?