Islohotlar zamirida inson manfaatlari mujassam

14:41 21 Oktyabr 2020 Siyosat
144 0

Xabar berilganidek, bugun Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda bir qator masalalar muhokama qilinmoqda.

Senat Raisi T.Narbayeva yalpi majlisda koʻrib chiqilgan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari boʻyicha munosabatini bildirdi.

– Mazkur masala alohida eʼtibor talab etadigan, mamlakatimizda juda ham ahamiyatli boʻlgan dolzarb masalalardan hisoblanadi, – dedi parlament yuqori palatasi Raisi T.Narbayeva. – Sir emas, ushbu mavzu uzoq yillar davomida Oʻzbekiston uchun juda ogʻriqli boʻlib kelgan.

Bugungi kunda butun dunyoga “Yangi Oʻzbekiston” sifatida tanilmoqdamiz. Buning zamiridagi eng asosiy maqsad – inson huquqlari va manfaatlari turibdi. Davlat xalq uchun, mamlakatdagi har bir insonning farovonligi uchun ishlashi asosiy mezon qilib belgilandi, insonning shaʼni va qadri asosiy qadriyat sifatida koʻrilmoqda.

Soʻnggi yillarda qiynoqlarga yoʻl qoʻymaslik borasida koʻplab tizimli ishlar qilindi. Shunga qaramasdan, bu muammodan butkul xalos boʻldik, deyishga hali erta.

Chiroqchi, Andijondagi holatlar barchamizning yodimizda, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun juda keng qamrovli kompleks yondashuv kerak. Bunda nafaqat huquq-tartibot organlari, balki fuqarolik jamiyati institutlari, OAV, keng jamoatchilik saʼy-harakatlari talab etiladi. Shu oʻrinda mazkur masala Senatning doimiy nazoratida boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?