Islandiyada 10 kun ichida 4,5 mingga yaqin zilzila qayd etildi. Vaziyat jiddiylashishi mumkin

13:17 30 Iyun 2020 Dunyo
124 0

Islandiyada 19-iyun kuni boshlangan seysmik faollik, doimiy zilzilalarga ulanib ketdi. Seysmologlar tomonidan esa allaqachon 4500ga yaqin silkinish qayd etildi, deb xabar beradi "rlanetanovosti.com" sayti.

Seysmik faollik bir nuqtada yuzaga keladi va qisqa toʻlqinlar kabi sodir boʻladi, yaʼni maʼlum bir hududda doimiy zarbalar kuzatiladi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, bunday holat bir necha oy, hatto haftalar davomida ham saqlanib qolishi mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, seysmograflar 19-iyun kuni Islandiyaning shimoli-sharqida joylashgan Siglyufyodyur qishlogʻidagi oʻzgargan vaziyat toʻgʻrisida keskin xabar berishni boshlagan. Aynan shu yerda eng kuchli zarbalar qayd etilgan. Olimlar tomonidan maksimal kuchi 5 balldan oshmagan mingdan ortiq silkinishlar yozib olingan.

Vaziyatni kuzatib kelayotgan Islandiya meteorologiya idorasining xabar berishicha, faqat 21-iyundagina 5.8 balli silkinish qayd etilgan.

Taʼkidlanishicha, zilzilalarni mamlakat shimolida yashaydigan deyarli barcha fuqarolar his qilishgan. Mutaxassislar esa yaqin kunlarda vaziyat yomonlashishi mumkinligini istisno qilishmayapti.

Taʼkidlash joizki, zilzila olimlar Islandiyaning janubida joylashgan Grimsvotn vulqonning yangi otilishi haqida taxmin qilishganidan soʻng darhol boshlangan. Oxirgi marta ushbu vulqon 2011-yilning bahorida uygʻongan edi.

Ammo mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, bu shunchaki tasodif boʻlishi ham mumkin. Vaholanki, uzoqda joylashganligi sababli vulqon faoliyati shimoldagi zilzilalarni qoʻzgʻata olmaydi.

Hozircha odamlarga hech narsa tahdid solmayotgan boʻlsa ham, vaziyat istalgan vaqtda oʻzgarishi mumkin. Shu bois rasmiylar fuqarolarni har qanday voqealarga tayyor boʻlishga chaqirmoqda. Qayd etilishicha, kutilayotgan zilzilalar xavfli boʻlib, ularning kuchi 7 yoki undan ham yuqori ballga teng boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?