Iсhki ishlar vazirligi Surxondaryoda sayyor qabul oʻtkazdi

13:46 26 Aprel 2019 Jamiyat
285 0

Joriy yilning 23-24 aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik MuhiddinJoʻrayev Surxondaryo viloyati aholi bilan muloqot qilish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi. Dastlab, Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida Termiz, Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Boysun tumanida yashovchi fuqarolar murojaati qabul qilindi. Shundan soʻng, Termiz davlat universiteti Denov filiali binosida Denov, Sariosiyo, Uzun, Shoʻrchi va Oltinsoy tumanlari aholisi ishtirok etdi.Ommaviy sayyor qabullarda viloyatning shahar va tumanlaridan jami 402 nafar fuqarolarining murojaati tinglandi.

Qabul jarayonida fuqarolarning ichki ishlar idoralariga ishga kirish, xorijga chiqish-kelish, fuqarolikni rasmiylashtirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularning aksariyatiga shu yerning oʻzida yechim topishga izlandi. Qonuniy asoslarga koʻra rad etilgan murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalarning koʻrib chiqilishi nazoratga olindi. Natijada 170 ta murojaat ijobiy hal etildi. 137 nafar fuqaroga huquqiy maslahat, 94 nafar fuqaroga boshqa organlarga murojaat qilish yuzasidan tushuntirish berildi.

Shuningdek, shahar va tumanlarda istiqomat qiluvchi boquvchisi yoʻqotgan, kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan oilalarning 12 nafariga tikuv mashinasi, 3 nafariga kir yuvish mashinasi,3 nafariga gaz plitasi, 3 nafariga isitish pechi, 26 nafariga nogironlik aravachasi, 10 nafariga elektr non pechi, 1 nafariga quloq eshitish moslamasi, 11 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari moddiy yordam tariqasida tarqatildi.

Vazir oʻrinbosari Sariosiyo tumanidagi “Farhod” muruvvat uyining 80 ta derazalariga xavfsizlik choralarini koʻrish maqsadida temir panjaralari oʻrnatildi, bundan tashqari muruvvat uyiga 2400 ta zarur boʻlgan turli gigiyenik vositalari tuhfa etildi.

Shuni taʼkidlash joizki, Surxondaryo viloyati hududida aholi bilan oʻtkazilgan sayyor qabullar natijalariga koʻra, viloyat IIB va shahar-tuman IIB rahbarlariga oʻzlariga biriktirilgan hududlarga mutasaddi tashkilotlarda hamkorlikda doimiy ravishda sayyor qabullarni tashkil etib, aholining muammolarini oʻrganish va ularning muammolarini ijobiy hal etish, oʻrganish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?