ISHID yetakchilaridan biri o‘ldirildi

18:48 25 Iyul 2018 Dunyo
410 0
Illyustrativ foto

Suriyada Abu Umash ash-Shishani nomi bilan tanilgan 38 yoshli Tamaz Batirashvili o‘ldirildi. U ISHIDning “urush vaziri” bo‘lgan va keyinchalik o‘ldirilgan Tarxan Batirashvilining ukasidir. Bu haqida Gruziya mahalliy OAV xabar berdi.

Ash-Shishani 2013 yilda Suriyaga ISHID tomonidan janglarda ishtirok etish uchun jo‘nab ketgandi. Keyinchalik bu yerga o‘z xotini va to‘rt farzandini ham olib kelgan. Terrorchilik guruhida u katta ta’sirga ega bo‘lib, razvedka, kontrazvedka va qamoqxonalarni nazorat qilib kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?