Ishga kiritib qoʻyish uchun 590 mln soʻmni oʻzlashtirgan firibgar qoʻlga olindi

12:01 29 Avgust 2018 Jamiyat
350 0

Jizzaxda ishga kiritib qoʻyish va bankdan katta miqdorda kredit olib berishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan 590 million soʻm mablagʻni oʻzlashtirgan firibgar qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 18 avgust kuni Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida yashovchi X.Gʻ. ismli ayol IIBga murojaat qilgan. Uning murojaatiga koʻra, “Chinobod” MFYda yashovchi Sh.M., X.Gʻ.ga uning turmush oʻrtogʻi hamda kuyovini ishga joylashtirib qoʻyishini vaʼda qilgan. Bundan tashqari bankdan katta miqdorda kredit olish uchun boshlangʻich toʻlovni toʻlash va boshqa hujjatlarga pul zarurligini aytib, 2016 va 2017 yilning may oyida aldov yoʻli bilan undan jami 590 mln. soʻm pulni olib, bergan vaʼdasini bajarmay pullarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Koʻrilgan choralar natijasida Sh.M. ushlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?