Ish haqini kriptovalyutada toʻlashga ruxsat berildi

14:32 14 Avgust 2019 Dunyo
89 0

Yangi Zelandiyada soliq organlari tomonidan shu yil 1-sentyabrdan xodimlarga kriptovalyutada ish haqi toʻlashga ruxsat berildi. Yangi qoida rasmiy mehnat shartnomalari tuzilgan yollanma ishchilarga taalluqlidir, deb xabar berdi Inc.

Ushbu qaror uch yil ichida amalda boʻladi. Toʻlovlar belgilangan summada beriladi. Bundan tashqari, maosh valyuta sifatida amalda boʻlgan kriptovalyutada toʻlanadi.

Boshqacha aytganda, ularni qogʻoz pullarga almashtirish mumkin boʻladi. Bu kompaniyalarga xodimlariga likvidsiz yoki boshqa kam taʼminlangan virtual valyutalarda oylik berishning oldini olishga qaratilgan.

Bundan koʻzlangan maqsad ishchilariga kriptovalyutada toʻlash qobiliyatiga ega boʻlgan kompaniyalardan soliq undirishdir.

Chunki garchi maosh raqamli valyutada berilsa-da, bu ishchini kriptovalyuta narxi tebranishlaridan xavfsiz qila olmaydi. Shuning uchun ekspertlar bunday oylik olgandan soʻng, shu zahotiyoq uni naqdlashtirishni tavsiya etishmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?