Iroq gʻarbida sodir boʻlgan portlash oqibatida 20dan ortiq kishi halok boʻldi

17:06 29 Avgust 2018 Dunyo
183 0

Iroq gʻarbidagi Anbar muzofotida bugun ertalab roʻy bergan terrorchilik harakati oqibatida 20dan ortiq kishi halok boʻldi. Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.

Qoʻporuvchilik harakati Bogʻdodning shimoli-gʻarbidan 400 km. uzoqlikda joylashgan va Suriya bilan chegara yaqinidagi Al-Qayum shahrida sodir etilgan. Portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan avtomobil iroqlik harbiylar va koʻngillilar yaqinida portlatib yuborilgan.

Hozircha Iroqda mavjud boʻlgan birorta ekstremistik guruh ushbu terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?