Iroda To‘laganova qaytmoqda. 36 yoshli tennischi Osiyo o‘yinlarida qatnashadi

12:10 31 Iyul 2018 Sport
647 0
Foto: Unicef

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, uzoq yillardan beri tennis musobaqalarida ishtirok etmay kelayotgan O‘zbekistonning sobiq birinchi raketkasi Iroda To‘laganova ham terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Hozircha Iroda yakkalik yoki juftlik bahslarining qay birida ishtirok etishiga oydinlik kiritilmagan.

Quyida O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan to‘liq tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin.

Erkaklar:

Denis Istomin

Farruh Do‘stov

Sanjar Fayziyev

Jo‘rabek Karimov

Ayollar:

Iroda To‘laganova

Sabina Sharipova

Nigina Abduraimova

Oqgul Omonmurodova

Murabbiy: Samug‘ Abidov

Ma’lumot uchun, XVIII Osiyo o‘yinlari 18 avgust-2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?