Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish boʻyicha yangi tartiblar belgilandi

11:19 08 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
412 0

Illyustrativ foto

Mahsulotlar, xom ashyo va materiallar asosiy turlarining yiriklashtirilgan moddiy balanslarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi Prezident farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga muvofiq, 2019 yildan iqtisodiyotda davlatning ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida quyidagi tartib belgilandi:

  • moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi quyidagilar uchun bekor qilindi:
  • yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va foydalanishga davlat buyurtmasi;
  • oʻsimlik yogʻi, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari, ikkilamchi alyuminiy resurslari, paxta chigiti shroti, metall molibdeni va volfram ishlab chiqarish va isteʼmol qilish;
  • Prezidentning ayrim turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning moddiy balanslarini tasdiqlash vakolati Hukumatga oʻtkazildi;

“Huquqiy axborot“ kanali bergan maʼlumotga koʻra, hukumatning quyidagi materiallarni ishlab chiqarish, isteʼmol qilish hamda yetkazib berish prognozini tasdiqlash vakolati Iqtisodiyot vazirligiga oʻtkazildi:

  • qora metall prokati;
  • metall ruxi;
  • sulfat kislotasi;
  • polietilen;
  • polipropilen;
  • paxta momigʻi;
  • rangli metall parchalari va chiqindilari.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?