Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida yangi agentlik tashkil etildi

10:55 14 Avgust 2019 Jamiyat
185 0

Illyustrativ foto

Bu davlat rahbarining shu yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga iqtisodiyot va sanoat vazirining hududlarni, shu jumladan, Sirdaryo viloyatini kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini qicqartirish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari – Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritildi.

Agentlik direktori ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosarga ega.

Agentlik direktorining oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijrochi direktori hisoblanadi.

Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda nomoliyaviy yordam turlarini hamma sohalarda kengaytirish, shu jumladan, biznes yuritish asoslari va sohadagi qonun hujjatlari, tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini baholash koʻnikmalarini oʻrgatish orqali tadbirkorlarning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida muvofiqlashgan tarzda ishtirok etishini, ularning malakasini oshirish, stajirovkalar va boshqalar tashkil etilishini taʼminlaydi. Shuningdek, tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalaniladigan uskunalarning texnik xususiyatlari, oʻzini qoplash muddati, mahalliy xom ashyo bilan taʼminlanishi, sarflanadigan materiallar hisob-kitobi va bozorlar, shu jumladan, xorijiy bozorlar bahosini oʻz ichiga olgan elektron katalogini shakllantiradi. Keyinchalik salohiyatli loyihalar va biznes tashabbuslarini tanlab olish jarayoni samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida ular Agentlik va tijorat banklarining veb-saytlariga joylashtiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?