Iqtisodiyot universiteti besh kunlik taʼlim tizimiga oʻtdi

15:05 22 Noyabr 2019 Jamiyat
1741 0

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dushanba, 25-noyabrdan boshlab besh kunlik taʼlim tizimiga oʻtadi. Bu haqda universitetdagi manba “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Xalq tilida “Narxoz“ deya nom chiqargan universitetda endilikda talabalar dushanba-juma kunlari oʻqishga boradi. Shanba va yakshanba kunlari dam olishi kuni boʻladi.

Bundan tashqari, universitetda mavjud boʻlgan qatʼiy forma ham bekor qilingan. Endilikda universitet talabasi istalgan kiyimda oʻqishga kelishi va darslarda ishtirok etishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?