Iqlim oʻzgarishi oqibatida koʻrilgan zarar 320 milliard AQSH dollarini tashkil etdi

14:31 28 Sentyabr 2018 Dunyo
1111 0
Foto: pogoda.unian.net

2017 yilda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlar va falokatlar oqibatida koʻrilgan zarar 320 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Bu rekord koʻrsatkich.

Bu haqda BMT Bosh kotibi Antonio Guterish Bosh Assambleyasi doirasida iqlim oʻzgarishi boʻyicha yuqori darajada oʻtkazilgan tadbirda aytib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, iqlim oʻzgarishlari jahon hamjamiyatining ularga taʼsir koʻrsatish va ularni bartaraf etishga qaraganda tezroq sodir boʻlmoqda.

“Biz juda, juda tez harakat qilmasang, bartaraf etib boʻlmaydigan jiddiy zarar koʻrishimiz xavfi mavjud”, - deydi Guterish.

BMT Bosh kotibi ushbu yoʻnalishda resurslar va davlatlar harakatlarini safarbar qilish maqsadida 2019 yilning sentyabr oyida iqlim oʻzgarishi va global isish muammolariga sammit tashkil etilishini maʼlum qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?