“Ipak yo‘li” banki foizsiz qarz berishni yo‘lga qo‘ymoqda

16:01 14 Iyul 2018 Iqtisodiyot
582 0

Mamlakatimizdagi “Ipak yo‘li” banki Islom taraqqiyot banki sho‘basi bo‘lgan Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi(ICD) bilan hamkorlikda mamlakatimizda ilk bor islom bankingi xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Bu haqda moliya muassasasi xabar berdi. Yurtimizdagi bank rahbariyati ICD delegatsiyasi bilan O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “islom darchasi”ni yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Ma’lumot uchun, “islom darchasi” Janubi-sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng qo‘llanib kelinadigan moliyalashtirish prinsiplariga mos keladigan islom bankingi xizmatlarining muqobil ko‘rinishidir. Islom bankingi sohasida moliyaviy xizmatlarning o‘ziga xosligi shundaki, bunda foizga qarz berish, yuqori xatarli operatsiyalar va noaniq bitimlar imzolanishi rad etiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida O‘zbekiston va ICD bilan yurtimizdagi tijorat banklari bazasida “islom darchasi” yaratish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishga kelishib olgandi. May oyida esa O‘zbekiston Islom taraqqiyot bankini, shuningdek, islom bankingi infratuzilmasini tashkil etishga oid davlatimiz rahbari qarori loyihasi e’lon qilingandi.

“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankiga 1990 yilda asos solingan bo‘lib, respublikamizdagi eng yirik 10 ta bankdan biri hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?