Investitsiya jalb qilish boʻyicha yagona portal ishlab chiqiladi

14:55 04 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
621 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda investorlar bilan ishlashni yagona tizimga keltirish maqsadida maxsus portal ishlab chiqiladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasida maʼlum qilingan.

Rejaga koʻra, xorijiy investorlar bilan ishlashni yagona tizimga keltirish va uning samaradorligini oshirish uchun Oʻzbekiston Investitsiya portali asosida “Invest in Uzbekistan” yagona portalini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Yagona portalda:

Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatiga aloqador vazirlik va idoralarning oʻzaro aloqasi va hamkorligini taʼminlash;

xorijiy tadbirkorlar uchun Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti boʻyicha maʼlumotlarni yetkazish va ularni doimiy ravishda yangilab turish;

Oʻzbekistonning tadbirkorlik va investitsiya sohasidagi qonunchiligi, biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulayliklar toʻgʻrisidagi qisqa, loʻnda va mazmunli axborotlarni muntazam joylashtirish nazarda tutiladi.

Mazkur masala boʻyicha topshiriqning yakuniy muddati 2019 yilning iyul oyi koʻrsatib oʻtilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?