#INVESTINBUKHARA: Buxoro viloyati investitsion salohiyati haqida ingliz va turk tillarida videoroliklar tayyorlandi

18:31 10 Sentyabr 2018 Jamiyat
108 0
Arxiv foto

Buxoroda bugun oʻz ishini boshlagan “Agro Biznes Buxara” Xalqaro forumi doirasida viloyat hokimligi tomonidan hududning investitsiyaviy salohiyati haqida oʻzbek, ingliz va turk tillarida 13 ta videorolik tayyorlanib, anjuman ishtirokchilari eʼtiboriga havola etildi hamda internetga joylashtirildi. Har bir rolik hududdagi alohida tuman hamda yangi tuzilgan “Buxoro-Agro” qishloq xoʻjaligi erkin iqtisodiy zonasi(EIZ) imkoniyatlariga bagʻishlanadi. Bu haqida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi. Anjuman mazkur qoʻmita koʻmagi bilan Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tashkil etildi.

Shu asosda Xalqaro anjuman ishtirokchilariga #INVESTINBUKHARA shiori ostida Buxoro viloyatining Olot, Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Jondor, Kogon, Qorovulbozor, Peshku, Romiton, Shofirkon tumanlari, Buxoro shahri va yangi tuzilgan “Buxoro-Agro” qishloq xoʻjaligi erkin zonasi sarmoyaviy salohiyati taqdim etildi.

Videoroliklarda har bir tuman iqtisodiyotining asosiy yoʻnalishlari, koʻrsatkichlari, hududiy-geografik joylashuvi haqida toʻliq maʼlumot berilgan. Oʻz navbatida salohiyatli investorlar olishi mumkin boʻlgan maxsus katalog ham tuzildi.

Yangi EIZga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb etish evaziga zamonaviy, jumladan, gidroponika texnologiyasini qoʻllagan holda klaster shaklida issiqxonalar qurish, energiya tejamkor issiqxonalar uchun konstruksiyalar, uskunalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

EIZning asosiy vazifasi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish, zamonaviy logistika infratuzilmasini shakllantirish, qishloq xoʻjaligida talabgor boʻlgan koʻchatxonalar, birlamchi urugʻchilik markazlarini tashkil etishdir.

Videoroliklar bilan www.youtube.com kanalining quyidagi havolalari orqali tanishishingiz mumkin:

1. https://youtu.be/shjrSfUnwJg 
( ўзбек тилида - https://youtu.be/__MjqiNFShs,
турк тилида - https://youtu.be/96Y_igaMTU0)
2. https://youtu.be/tfg_MeGQuIs 
3. https://youtu.be/w6u8WwWssWU 
4. https://youtu.be/LJc70IuiFjY 
5. https://youtu.be/0oY9-8zlg4M 
6. https://youtu.be/cZymO3M2FzQ 
7. https://youtu.be/HJ90-aV36_Y 
8. https://youtu.be/D_ce0YbILDk 
9. https://youtu.be/amC4O_oqZ_w 
10. https://youtu.be/zEqFZpNBVsA 
11. https://youtu.be/xhMFtTOReb8 
12. https://youtu.be/KImy5KZL3p4 
13. https://youtu.be/zfHpkOcpJ18


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?