Internetda ta’sir doirasi eng yuqori kishilar kim?

17:26 03 Iyul 2018 Dunyo
492 0
Foto: Getty Images

Time jurnali 2018 yilning internet olamidagi eng nufuzli kishilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda jurnal rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Inflyuenserlar (ijtimoiy tarmoqlar orqali tinglovchilarga ta’sir ko‘rsatadigan shaxs) orasida shou-biznes vakillari, mashhur blogerlar, siyosatchilar va boshqa soha xodimlari ham bor. Ta’kidlash joizki, yangilik yasovchilar orasida ijobiylari ham, g‘azabga giriftor bo‘lganlari ham bor.

Ro‘yxatdan AQSH prezidenti Donald Tramp, qo‘shiqchi Rianna, modelyer Kayli Jenner, 17 yoshli xonanda Ariel Martin (Baby Ariel), amerikalik reper Kanye Uest, koreyalik pop-guruh BTS, bloger Bizi Filipps, yaponiyalik modelyer Naomi Vatanabe, “YouTube” yulduzlari Logan va Jeyk Pol, bloger Rayan va Roland Sabo, “Yanny yoki Laurel?” tarmoqdagi virus yozuvlarni e’lon qiluvchilar o‘rin olgan.

Shuningdek, jurnal ro‘yxatiga Sharlotta va Deyv Villner, Filippin harakati – #BabaeAko, parklendlik faol talaba hamda qurol-yaroq nazoratini kuchaytirishni talab etuvchilar va boshqalar kiritilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?