Internetda mish-mish tarqatganlar qamalishi mumkin

17:44 30 Avgust 2018 Jamiyat
175 0

Mazkur platforma 27 ta idora nazorati ostida boʻladi va oʻz ichiga mobil ilovalar, saytlar va yirik ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni qamrab oladi.

Xitoyda Piyao (mish-mishlarni rad qiluvchi) platformasi ishga tushirildi. Uning Weibo va WeChat ijtimoiy tarmoqlarida mobil ilovalari va qaydnomalari mavjud, deb xabar berdi RBK.

“Mish-mishlar shaxs huquqini buzadi, mish-mishlar jamiyatda vahima uygʻotadi, mish-mishlar fond bozorlarini tebrantirib yuboradi, mish-mishlar normal ishbilarmonlik amaliyotlariga taʼsir koʻrsatadi, mish-mishlar qahramonlar nomini yomonotliqqa chiqaradi”, - deyiladi platforma boʻyicha chiqarilgan reklama roligida.

Piyao mish-mishlarni daf qilish uchun 40 dan ortiq mahalliy platformalarni integrallashtirgan va mish-mishlarni aniqlash uchun sunʼiy aqldan foydalanadi. U 27 ta davlat idorasi nazoratida boʻladi.

Piyao oʻz kanallari orqali haqiqiy yangiliklarni tarqatadi, davlat OAV, mahalliy gazeta va turli hukumat muassasalaridan hisobotlarni olib turadi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, iyul oyida Xitoyda internetni tartibga soluvchi tizimlar qariyb 6,7 mln. ta noqonuniy yoki yolgʻon axborotlar tarqalganini aniqlagan.

Xitoy qonunchiligiga koʻra, mish-mish tarqatganlar shaxsni badnom qilganlikda ayblanib, ularga yetti yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Mish-mishdan iborat onlayn xabarlarni agar 5 mingdan ortiq internet foydalanuvchisi koʻrgan yoki ushbu xabar 500 dan ortiq repost qilingan boʻlsa, uni tarqatgan ham qamalishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?