Internet tezligining pastligi va elektr uzilishlari masofaviy taʼlim sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda

16:04 24 Aprel 2020 Jamiyat
415 0

Illyustrativ foto

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi Feruza Madrahimova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

Savol: Karantin davrida maktab oʻquvchilariga va talabalarga masofadan taʼlim berilmoqda? Inspeksiya tomonidan masofaviy taʼlimning sifati qanday nazorat qilinmoqda?

Javob: Inspeksiya Xalq taʼlimi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda masofaviy taʼlimning tashkil etilishi monitoringini olib bormoqda.

Ushbu jarayonda keng jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Inspeksiyaning @edumonitoring_bot telegram boti ishga tushirilgan.

Mazkur telegram bot orqali ota-onalar maktab va OTMlarda masofaviy oʻqitishning sifati, uni tashkil etish hamda hududlardagi muammo va qiyinchiliklar boʻyicha xabar va takliflar berishmoqda.

Misol uchun, olis hududlarda yashovchi koʻpchilik talabalar internet tezligi pastligi, elektr uzilishlari sababli masofaviy taʼlim tizimidan samarali foydalana olishmayotganliklarini maʼlum qilishgan. Ayni paytda hamkor vazirliklar va mahalliy hokimliklar bilan masofaviy taʼlim sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan omillarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?