Inspektorlar dalaga chiqadi

16:16 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
80 0

AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda OAV vakillari bilan munozarali savol-javob boʻlib oʻtmoqda. Bunda koʻtarilgan masala yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berilmoqda. Xususan, majburiy mehnat boʻyicha murojaatlar besh kun ichida oʻrganilishi hamda unga chora koʻrilishi taʼkidlab oʻtildi.

- Biz Oʻzbekistonda majburiy mehnatni butunlay yoʻq qilishga harakat qilamiz. - deydi Bandlik va mehnat vazirligi oʻrinbosari Nodir Yakubov. - Bu borada oʻtgan yili 200 ta, bu yil esa 400 nafar inspektorlar dalaga chiqarilganligini aytish mumkin. Ular bevosita OAV vakillari bilan ish olib boradi. Qayerda majburiy mehnat hollari kuzatilganligi haqida xabar kelgan boʻlsa, oʻsha joyga borib holatni oʻrganadi va lozim boʻlsa maʼmuriy javobgarlikka tortadi.

Yulduz OʻRMONOVA,
“Xalq soʻzi“


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?