Insonlarni aldash va ishonchini suiisteʼmol qilish yoʻli orqali boylik orttirishni oʻylagan shaxslar qoʻlga olindi

15:36 19 Avgust 2019 Jamiyat
104 0

Illyustrativ foto

2019-yil 10-fevral kuni soat 16.00larda Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan avtosalon oldida, 26 yoshli Shaxzod N. oldindan tanishi boʻlgan Xilola A.ga “Jentra Lacetti” transport vositasini olib berishini aytib, uning ishonchiga kirgan. Shundan soʻng, u Xiloladan 5.000 AQSH dollarni olib, vaʼdasini bajarmasdan, pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

***

Joriy yilning 2018-yil 15-dekabr kuni 34 yoshli Sanjar K. Toshkent shahar M.Ulugʻbek tumani TTZ dahasida joylashgan savdo doʻkoni oldida, 41 yoshli tumandagi MCHJlarning birining rahbari Georgiy D.ga “Avtosmestitel taltomat” nomli asfalt qoruvchi texnikasi sotishini vaʼda qilib, 3.600 AQSH dollari va 1.000.000 soʻm pullarni oʻzlashtirib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

***

Joriy yilning 30-iyul kuni soat 01.25da Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMBdan tushgan xabarga koʻra, oʻzini Muzaffar A. deb tanishtirgan nomaʼlum shaxs, 2017-yil sentyabr oylarida 41 yoshli Akmaljon T.ga Koreya davlatiga ishlash uchun biznes viza olib berishini vaʼda qilib, xizmati evaziga 1.500 AQSH dollari olgan. Shundan soʻng, u vaʼdasini bajarmasdan, pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Ushbu faktlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda IIBB xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?