Insonlar Arktikani ham ifloslantirgan

16:41 16 Avgust 2019 Jamiyat
105 0

Arktika Yer yuzining eng kam ifloslangan qismlaridan biri hisoblanadi, ammo olimlar, hatto, shu yerda ham qorning mikroskopik plastik zarralari bilan ifloslanganini aniqladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Nemis va shveysariyalik olimlar jamoasi Arktika qorining har bir litrida oʻn mingga yaqin mayda plastik zarralarini topgan. Bundan tashqari, qorda rezina va sintetik moddalar parchalariga ham duch kelingan.

Bu Arktikada ham, endilikda, havo musaffo emasligini anglatadi.

Olimlarning izohlashicha, diametri 5 millimetrdan kichik plastik zarralari shamol orqali qisqa masofaga tarqashi mumkin. Biroq Arktikadek uzoq mintaqaga ularning qanday kelib qolgani hozircha noaniq qolmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?