“Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali negizida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tashkil etiladi

20:53 20 May 2020 Hujjatlar
253 0

Arxiv surat

Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” huquqiy axborot markazi davlat muassasasi, “Inson va qonun” gazetasi tahririyati DUK hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati negizida vazirlik qoshida davlat muassasasi shaklidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tashkil etiladi.

Bu haqda “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ Prezident Farmonida keltirib oʻtilgan.

Markaz aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targʻibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish, shuningdek, qonun hujjatlari matnlarini rasmiy eʼlon qilish sohasida respublikaning yetakchi davlat muassasasi hisoblanadi.

“Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati amaldagi xizmat koʻrsatish sohalarini saqlab qolgan holda faoliyat yuritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?