Inom Majidov: Oliy taʼlim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot lokomotiviga aylanishi kerak

14:23 19 Sentyabr 2019 Jamiyat
82 0

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Muhokamada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rahbariyati va jamoasi, barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari ishtirok etdi.

- Amaldagi malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilmagan, oʻquv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda, bu esa talabalarning haqli eʼtirozini keltirib chiqarmoqda, - dedi Inomjon Majidov.

Vazir oliy taʼlim muassasalari hamda kadrlar buyurtmachilari oʻzaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash boʻyicha ishlar qoniqarsiz ahvoldagi ekani tanqid qildi va ish beruvchilar kadrlar tayyorlash jarayoniga qiziqmasa, OTM rektorlari tashabbus koʻrsatishi kerakligini qayd etdi.

- Chunki xalqimiz va Prezident oliy taʼlimdan jamiyat taraqqiyoti lokomotivi boʻlishini talab qilmoqda, - dedi vazir. – Ishga hozirgidek munosabat bilan maqsadga erisholmaymiz. Zamon shiddat bilan rivojlanyapti, biz taraqqiyot ortidan emas, balki uni belgilab berishimiz kerak.

Shuningdek, yangi tuzilgan respublika oliy taʼlim kengashi oldida turgan dolzarb vazifalar, uning istiqbol-rejalari ham muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?